Chop etish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda Finlyandiyaning Markaziy Osiyo davlatlaridagi elchisi Mariya Elina Liivala viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida martabali mehmonlar viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda BMT Taraqqiyot Dasturining rahbarligida olib borilayotgan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish" loyihasi doirasida viloyatda olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. Hozirgi kunga qadar Namangan viloyatida ushbu loyiha doirasida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash, tekstil, jun maxsulotlari, charm mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha umumiy qiymati 385 ming AQSH dollariga teng 15ta namunaviy kichik biznes loyihalar amalga oshirilgani qayd etildi. Muloqotda loyiha rahbari Dilshod Akbarov hamda loyiha vakili YOlqin Jo‘rabaev ham ishtirok etdilar.

 

Shuningdek, Finlyandiya elchisi Liivala xonim bilan Namangan viloyati iqtisodiyotida bu mamlakat biznesining ishtirokini yo‘lga qo‘yish borasida istiqbolli yo‘nalishlar borasida muhokama o‘tkazildi.

 

Mehmonlar tashrif dasturi doirasida viloyat Savdo-sanoat palatasiga ham borishdi, shuningdek viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarini takomillashtirish bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishishdi.