Chop etish

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan importning o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning istiqbolli loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kafillik va kredit foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish shaklida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilamiz.

Mazkur Jamg‘arma loyihani amalga oshirish uchun olingan kreditning 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdoriga kafillik beradi;

Ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 5 foizgacha qoplash shaklida kompensatsiyalar beradi.

Buning uchun Siz quyidagi 100 ga yaqin mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz lozim bo‘ladi. Bular 9 ta alohida yo‘nalishda bo‘lib, quyidagilar kiradi:

 -Oziq-ovqat mahsulotlari;

-Trikotaj buyumlari, kiyim-kechak, poyabzal;

-Dori vositalari;

-Kanselyariya mollari;

-Qurilish materiallari;

-Kimyo va u bilan bog‘liq tarmoqlar mahsulotlari;

-Metallar va ulardan yasalgan buyumlar;

-Uskunalar;

-Rezinalar, plastmassalar va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar.

Yuqoridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish niyatida bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlarning ishlab chiqarish loyihalari va takliflarini Namangan viloyati hokimining yordamchisi hamda Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi tomonidan shaxsan qabul qilinadi va ko‘maklashiladi.

 Murojaat uchun telefon: +99869-227-23-48, +99891-348-00-06.