Bugun kunning birinchi yarmi CHust tumanidan boshlandi. Avval xabar qilganimizdek, saylov targ‘iboti yuzasidan shakllantirilgan ishchi guruh a’zolari barcha tumanlarda keng qamrovdagi saylovoldi targ‘iboti ishlarini boshlab yubordilar. 

Ular tomonidan olib borilayotgan uyma-uy manzilli targ‘ibot ishlarida keng aholi qatlami bilan, jamoat tashkilotlarida xodimlar bilan, paxta dalalarida mirishkor dehqon va terimchilar bilan, ishlab chiqarish sexlarida ishchilar bilan uchrashilmoqda.

 

Maqsad bitta bir vaqtning o‘zida fuqarolarimizning siyosiy bilimlarini oshirish hamda saylovoldi ko‘nikmalarni shakillantirishdan iborat. 

 

Viloyat adliya boshqarmasi