“Yangi O‘zbekiston: Yangi saylovlar” degan hayotiy shior tanlangan bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi. Mazkur kodeksda saylovlarni umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o‘tkazishga xizmat qiladigan o‘ttizdan ortiq yangi norma va qoidalar o‘z ifodasini topgan. SHu paytgacha amalda bo‘lgan ba’zi cheklovlar chiqarib tashlangan.

Ushbu muhim qoidalarni avvalo xalq bilishi, tushunishi kerak. Bu borada manzilli targ‘ibotning o‘rni katta. 

Xabaringiz bor adliya idoralari saylov targ‘ibotini joriy yilning iyul oyidanoq boshlagandilar. Ayni vaqtda ushbu siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rish va qonuniy tartibda o‘tkazishdek yuksak ma’suliyat barcha xodimlar zimmasida. 

 

Bu boradagi ishlarni jonlantirish va xodimlarni keng qamrovda saylov targ‘ibotiga jalb etish maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan grafik tasdiqlandi. Bugun targ‘ibot guruh a’zolari faollikda birlashib ishni boshladilar.

 

Maqsad bitta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarga tayergarlik ko‘rish va bu borada aholi o‘rtasida manzilli targ‘ibot ishlarini olib borish.

 

Viloyat adliya boshqarmasi