Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namanganda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi a’zolari uchun seminar trening o‘tkazildi.

 

Tadbir Markaziy saylov komissiyasining loyihaviy faoliyati doirasida EXHT O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda saylov bo‘yicha ekspertlar ishtirokida Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun tashkil qilindi.

 

Markaziy saylov komissiyasi vakili Bobomirzo Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksining asosiy tushunchalari, kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, hududiy boshqaruv organlarining saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazishdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi.

 Seminar davomida EXHT ekspertlari – Moldova davlat universiteti professori Yuriy Chokan va Moldova Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Vadim Filipov saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazishning xalqaro standartlari, bu boradagi normativ huquqiy baza xususida so‘z yuritdi. Saylovda xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishining ahamiyati, saylovlarni baholash mezonlari haqida ma’ruzalar tinglandi.

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech