Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi aksiya o‘zining keng qamrovda o‘tkazilganligi bilan ahamiyatli.

 

Soat 10-00da davlat madhiyasi bilan boshlangan aksiya har bir ishtirokchining qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHundan so‘ng, adliya boshqarmasi boshlig‘i Xayrullo Sabirov Ismailovich tadbirni kirish so‘zi bilan ochiq deb e’lon qildi. 

Aksiyani kuzatar ekansiz, har bir tashrif buyuruvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni imkon qadar olishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, huquqiy maslahat jumladan, notarius, advokat xizmati, davlat xizmatlari va bo‘sh o‘rinlari to‘g‘risidagi e’lonlarni, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar esa zaruriy maslahatlarni oldilar.

 

“Biz birgamiz” loyihasi doirasida Nogironlar jamiyati a’zolari ham ishtirok etib, biz bilan birga bo‘ldilar.

Aksiya doirasida Namangan shaharidagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, ko‘ngilli yoshlar qatori safimizda bo‘ldilar. Ular o‘zlarini yosh darajalariga mos bo‘lgan test sinovlaridan o‘tib rag‘batlantirildi. Bog‘dagi mavjud attraksionlar esa mehribonlik uyi tarbiyalanuvilariga bepul xizmat ko‘rsatib, ular uchun shu yerning o‘zida tushlik tashkil etildi.

Uch bosqichda o‘tkazilgan test barcha yoshdagi ishtirokchilarni qamrab oldi. Natijasi yuzasidan boshqarma tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari yoshlarni rag‘batlantirish uchun ayni muddao bo‘ldi.

 

Fleshmobda 3000 mindan ortiq turli mavzuda tayyorlangan flayerlar tarqatilib, nafaqat yoshlarga balki turli aholi qatlamiga shu yerning o‘zida tushuntirish ishlari olib borildi.

Viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari tomonidan badiiy chiqishlar tashkil etilib, “Istiqbolli avlod” tashkilotining ko‘ngilli yoshlari tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

 

Fleshmob Namangan viloyat televideniesi hamda Sevimli telekanali orqali tasvirga olindi.

Viloyat adliya boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech