Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

18 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimligi hamda Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida Namangan City Ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda “Alqusaier company” bosh direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan imzolangan Memorandumga ko‘ra, Namangan shahrida 78 gektar maydonda barpo etiladigan Namangan City Ishbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3 va 4-5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferensiyalar saroyi, ko‘rgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar bog‘chasi, restoranlar va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rin oladi.


Loyihani moliyalashtirish to‘laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Viloyat hokimiyati Namangan City faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashga doir masalalarni hal etadi hamda loyihani amalga oshirish uchun kerakli ruxsatnomalarni olishda va loyihani amalga oshirish va foydalanish davrida malakali kadrlar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech