Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta’lim muassasalari jamoalari, yozuvchi va shoirlar, tilshunos olimlar, nuroniylar va yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirni shoir Ziyoviddin Mansur olib bordi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan viloyat hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov buyuk o‘zbek tilining milliy davlatchiligimiz tarixidagi o‘rni, uning davlat tili maqomida Vatanimiz, xalqimiz kelajagi, yorug‘ istiqbolini belgilovchi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

 

Ona tilimizni ulug‘lashga bag‘ishlangan marosim shu mavzudagi mushoira bilan yanada sayqal topdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Gulchehra SHahobiddin qizi, O‘ktamoy Xoldorova, Jamoliddin Muslim kabi taniqli shoirlar o‘qib bergan she’rlar ona tilimizning jozibador qirralari, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat va sadoqat ohanglari bilan tadbir ishtirokchilari qalbiga g‘urur bag‘ishladi.

Shundan so‘ng viloyat hokimligi, Namangan shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari jamoalari xiyobon markazidagi Boborahim Mashrab va uning atrofidagi viloyatda yashab ijod qilib o‘tgan taniqli adib va shoirlar yodgorliklari poyiga gullar qo‘ydi.

 

Qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir viloyat musiqali drama va komediya teatrida “O‘zbek tili go‘zal va betakrordir!” deb nomlangan ilmiy, adabiy-badiiy, musiqiy kecha bilan davom etdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech