Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 24 oktbyar kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Ajlan & Bros Group” ijrochi direktori o‘rinbosari Muhammad Aramani boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lgan uchrashuvda ushbu kompaniyaning Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil qilish yuzasidan istiqbolli loyihasi taklifi muhokama qilindi.

 

3 bosqichdan iborat ushbu yirik loyihani amalga oshirish uchun 12 ming gektar yer zarur bo‘ladi. Birinchi bosqich paxtani etishtirishdan tortib, uni qayta ishlash hamda ip-kalava ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olishi rejalashtirilmoqda. Bu bosqichda yirik zamonaviy paxtani qayta ishlash zavodi hamda yillik quvvati 8 ming tonna bo‘lgan ip-kalava ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Ip-kalava ishlab chiqarish liniyasini to‘la quvvatda yo‘lga qo‘yilishi 2024 yilgacha belgilangan. Keyingi bosqichda mato to‘qish hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejaga kiritilgan.