Namangan shahrida “Namangan viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Strategiyasi” muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 

 

Seminarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, loyiha rahbari Odil Olimjonov, Germaniya xalkaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha rahbari Beate Shorayt, Bolgariyaning boshqaruvni rivojlantirish markazi (SEED) boshlig‘i Nikolay YArmov, markaz eksperti Kameliya Kaloyanovalar ishtirok etdilar. Seminar ishida viloyatdagi boshqarma rahbarlari va mutaxassislari qatnashdilar.

 

Ushbu Strategiya “O‘zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” dasturi bilan birgalikda, O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Bolgariyaning boshqaruvni rivojlantirish markazi (SEED) bilan hamkorlikda va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITS) ko‘magida ishlab chiqilgan.

 

Strategiyaning tahliliy qismi doirasida quyidagi vazifalar amalga oshirildi:

  • iqtisodiyotning asosiy soha va tarmoqlari bo‘yicha hududning rivojlanish tendensiyalari tahlili;
  • viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatini tarmoqlar va hududlar kesimida baholash;
  • hududning qiyosiy va raqobatdosh ustunliklarini, tabiiy-iqtisodiy salohiyati va resurslarini aniqlash;
  • viloyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishidagi to‘siqlar, muammolar va nomutanosibliklarni aniqlash