Chop etish

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda faol ishtirok etish istagida bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining investitsion kompaniyalari vakillarini qabul qildi.

 

 

Global Investment Fund kompaniyasi hamkori Samir al-Hassan hamda Forsan Al Aqsa Contracting kompaniyasi rahbarlari Abdulrauf Sarxan va Axmad Tanbal bilan bo‘lgan uchrashuvda bugungi kunda Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

“Namangan city” ishbilarmonlar markazi, “Smart ekositi” majmuasi, “Nanay turistik zonasi” loyihalari dubaylik investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan mehmonlar shuningdek, viloyat hududida qishloq xo‘jaligi va parrandachilik sohalarida ham katta loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

 

Uchrashuvda turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.