Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlari bilan Namangan viloyati tumanlari markazlarini yangicha qiyofadagi zamonaviy shaharlarga aylantirishga omil bo‘lgan “Obod markaz” dasturi doirasida amalga oshirilgan kompleks bunyodkorlik ishlari Uchqo‘rg‘on shahrida ham yakuniga etdi.

Bugun, 12 noyabr kuni obod Uchqo‘rg‘onning yangi qurilgan hamda ta’mirdan chiqarilgan 72 ob’ekti xalq xizmatiga tantanali ravishda topshirildi. Bu jarayonda amalga oshirilgan qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari uchun jami 85,1 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

 

 “Obod markaz” dasturi natijasida tuman markazida 5,8 km avtomobil yo‘llari ta’mirlandi va piyodalar yo‘lakchalari tashkil etildi. Ko‘chalarga tejamkor yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Barcha tuman markazlari kabi Uchqo‘rg‘onda ham Xotira xiyoboni barpo etildi va “Motamsaro ona” haykali qad rostladi.

Yangi qurib bitkazilgan Davlat xizmatlari markazi, “ZIYO” savdo majmuasi, “NOVDA” umumiy ovkatlanish binosi, yirik “TONG” savdo kompleksi, yangidan barpo etilgan “Qishloqqurilishbank” binosi hamda ta’mirlangan “Agrobank” va “Xalq banki” binolari ham bugun Uchqo‘rg‘on xalqi uchun xizmatga boshladi.

 

Tuman Markaziy shifoxonasi hamda bolalar stomatologiya bo‘limi to‘la rekonstruksiya qilindi. 2 ta umumta’lim maktabi, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan chiqarildi.

 Shuningdek, “Obod markaz” dasturi doirasida Uchqo‘rg‘on shahrida 2 ta yangi ko‘p qavatli uy qad rostladi, 20 ta ko‘p qavatli uylarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.