Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya 24 noyabr kuni Namangan viloyatiga keladi.

70 nafardan ziyod Sverdlovsk vakillaridan iborat delegatsiya tarkibidan viloyat gubernatori o‘rinbosari, vazirlar, hamda viloyatdagi yirik kompaniyalar rahbarlari, san’atkorlar o‘rin oladi.

 

24-26 noyabr kunlari amalga oshiriladigan tashrif doirasida Namangan viloyati hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Namangan va Sverdlovsk viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Sverdlovsk viloyati delegatsiyasi, Namangan davlat universitetida tashkil etilgan Ural davlat tibbiyot universiteti qo‘shma tibbiyot fakultetiga talabalikka qabul qilish marosimida ham ishtirok etadi.

Tashrif kunlari Namangan shahrida viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

To‘raqo‘rg‘on tuman Madaniyat saroyida Namangan viloyati va Sverdlovsk viloyati sa’natkorlarining qo‘shma Do‘stlik konsert dasturi tashkil etiladi.