Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 30 noyabr kuni Namangan shahar prokuraturasining majlislar zalida prokuratura organlari tomonidan 10 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning 10 oyi davomida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, debitor qarzdorlikni kamaytirish, sud va boshqa organlari ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida axboroti eshitildi. Ta’kidlandiki, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan 2019 yilning 10 oyi mobaynida 10432 ta aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari tamomlandi.  506 nafar aliment to‘lamagan fuqarolarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 8 nafar fuqaro ma’muriy qamoqdan so‘ng ham aliment mablag‘ini to‘lamagani uchun JK 122-moddasining turli bandlariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, deyildi anjuman davomida aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 2 mingta oila yarashtirildi.

                                               MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech