Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning o‘tgan 10 oy davomida Byuroning viloyat boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari tomonidan energiya resurslari tarmoqlariga noqonuniy ulanish bilan 1793 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.

 

Bu haqida joriy yilning 30 noyabr kuni Namangan shahar prokuraturasining majlislar zalida prokuratura organlari tomonidan 10 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Masalan, deyildi anjuman davomida Chust tumandagi Varzigon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xonadonlarning birida elektr energiyasidan foydalanish qonuniyligi va to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy holat oshkor bo‘lgan.

Aniqlanishicha, xonadon egasi Tolib Xasanov go‘yoki hech kim bilmaydi yoki ko‘rmaydi deb elektr hisoblagichdan tashqari devor orasidan yashirin tarmoq tortib foydalanib keladi. Olib borilgan tezkor o‘rganish jarayonida iste’molchining bu qilmishi oshkor bo‘lib, yuzi shuvut bo‘ldi. Ushbu harakati bilan fuqaro o‘g‘rincha elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishi tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 31536 kVt soat elektr energiyasi, 7.884.000 so‘m zarar etkazadi. Fuqaro amaldagi MJtK ning 101-moddasida nazarda tutgan huquqbuzarlik sodir etib, eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Umuman olgandaviloyat bo‘yicha 1.684 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

                                                        MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech