Chop etish

Namangan viloyati hududida aholiga elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar to‘xtatildi. Bu haqda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori o‘rinbosari Sayfiddin Husainov ma’lum qildi.

 

 

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan viloyatda gaz va elektr ta’minotida uzilishlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z olgan Husainov, viloyat hududida aholiga elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar to‘xtatilganini qayd etib, uzilishlar faqat avariya holatlarida ro‘y berishi mumkinligini ta’kidladi.

Bunday holatlarni bartaraf etish uchun tezkor tuzatuv mutaxassislari soni 1,5 barobarga oshirilgani bildirildi.

 

Shuningdek, viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qoshida ish olib borayotgan ishonch telefonlarini qayta eslatgan Sayfiddin Husainov, iste’molchi bilan tezkor aloqani o‘rnatish maqsadida kelgusi haftadan uzluksiz ishlaydigan “Call centre” ishga tushirilayotganini ma’lum qildi.