Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, soliqlar va majburiy to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari, shaxsiy kabinet va shu kabi inson omili mavjud bo‘lmagan texnologiyalar orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shunga asosan, hududiy soliq inspektorlarining aholidan soliqlarni naqd pul va bank plastik kartochkalar orqali undirib olish imkoniyati mavjud bo‘lgan “Soliqlarni aqlli yig‘ish tizimi” ya’ni “SAYT” dasturi o‘rnatilgan terminal qurilmasi amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur loyihaning maqsadlari soliq tushumlarini ta’minlashda inspektor faoliyatini avtomatlashtirish, soliq tushumlari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini bankka o‘z vaqtida tushushini ta’minlash va real vaqt rejimida ixtiyoriy dislokatsiyada qarzdor mijozlarni aniqlashdan iborat. “SAYT” terminal qurilmasi orqali ma’lumotlar bazasidagi jismoniy shaxslarning barcha soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi axborotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Shuningdek, Mazkur loyihani amaliyotga joriy etish bilan soliq inspektorining ish unumdorligini oshirish, soliq to‘lovchilarning ovoragarchiligini keskin kamaytirish, soliq tushumini qabul qilishda soatlik nazoratni yo‘lga qo‘yish natijasida noqonuniy xatti-harakatlarning oldi olinadi va shuning barobarida soliq to‘lovchilarga tezkor xizmat ko‘rsatishga erishiladi.

 

“SAYT” terminal qurilmasi orqali bir necha imkoniyatlar yaratiladi. Birinchidan, soliq inspektorining biriktirilgan hududida kun davomida amalga oshirilgan ishlari elektron nazorat qilib boriladi. Ikkinchidan, Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobini olib boriladi. Dasturning yana bir afzallik jihatlari Davlat soliq inspeksiyasi inspektori faoliyatini masofadan nazorat qilish va kunlik amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilib boriladi. Navigatsiya tizimi orqali esa soliq to‘lovchining manzilini aniqlash mumkin.

 

Ta’kidlash joiz, “SAYT” terminal qurilmasi birinchi bosqichda Namangan viloyatida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Natijadorligiga qarab, bosqichma-bosqich respublikamizning barcha hududlarida joriy etilishi rejalashtirilgan.

 

Hurmatli viloyatimiz aholisi! Agar xonadoningizga kelgan inspektor qo‘lida mazkur dastur o‘rnatilgan qurilma bo‘lmasa, to‘lovlarni amalga oshirmaslik huquqiga ega ekanligingizni unutmang. To‘lovdan so‘ng berilgan chekda kerakli ma’lumotlarning barchasi, xattoki to‘lovni qabul qilgan xodimning ismi sharifi ham kiritilgan.

 

Viloyat DSB matbuot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech