Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Yurtboshimiz tomonlaridan mamlakatimiz rivoji va xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har jabhada o‘z ifodasini topmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbari topshiriqlari bilan Davlat budjeti loyihasi xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlanib, birinchi marta qonun shaklida qabul qilindi. “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 21 noyabrida qabul qilindi va Senat tomonidan 30 noyabrda ma’qullandi.

SHu munosabat bilan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmuni va ushbu qonunda belgilangan mahalliy davlat organlarining vakolatlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan hududlarda xalq deputatlari, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari uchun seminarlar tashkil etish bo‘yicha grafik ishlab chiqilib ishchi guruhlar tarkibi tuzildi va hududlarga tegishli mutasaddilar biriktirildi.

Mazkur grafikka muvofiq joriy yilning 6 dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari A. Xaydarov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda moliya va soliq organlari mas’ullari ishtirokida Namanagan shahar hokimligining majlislar zalida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni dastlab Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A. Kamalov ochib “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi hamda mazkur qonun loyihasiga asosan kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tdi va so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari A.Xaydarovga berdi.

A.Xaydarov qonun mazmun mohiyati va byudjet jarayonidagi tegishli o‘zgarishlar yuzasidan tanishtirib o‘tdi.

- Avval har bir yil uchun Budjet parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan tasdiqlangan bo‘lsa 2020 yildan e’tiboran qonun bilan mustahkamlanadigan bo‘ldi.
Bundan kutilayotgan asosiy maqsad:
Budjetni qabul qilish va ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish
budjet intizomini mustahkamlash
budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish
budjet ijrosi jarayonining ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishdan iboratdir.

Qonun 5 ta bob va 28 moddani o‘z ichiga olishi va qator masalalar bo‘yicha tanishtirib o‘tildi.

Shundan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibaev so‘z olib amaldagi Soliq Kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, seminar yakunida Xalq Deputatlar Kengashi raisi o‘rinbosari va deputatlar o‘tkazilayotgan seminar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech