Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Ayni kunlarda viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov rahbarligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi qator sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida YAponiya davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrifning ilk kunida YAponiyaning qurilish, yo‘lsozlik, kanalizatsiya tarmog‘ini barpo etishga ixtisoslashgan yirik kompaniyasi -  Shimuzu Corporation  vakillari Takashi Ivata hamda Yuxiko Nashimoto bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda dastlab, yapon kompaniyasi imkoniyatlari taqdimoti namoyish etildi.

 

Yillik buyurtmalari hajmi 15 milliard dollarga teng bo‘lgan Shimuzu Corporation vakillariga Namangan shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Namangan city loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish taklifi berildi. Taklif ijobiy qabul qilinib, birgalikda loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech