Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Kunchiqar o‘lkada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi Yaponiyaning fan va texnologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlariga ixtisoslashgan “Japan science and Technology agency” agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

Agentlik prezidenti Michinari Xamaguchi tashkilot faoliyati bilan tanishtirib,  asosan fan va texnologiyalarni rivojlantirish hamda xorijiy professor va talabalar uchun xalqaro grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha ish olib borishlari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv chog‘ida Namangan viloyati, shuningdek viloyatdagi mavjud maktab, kollej va akademik litseylar hamda oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamovning o‘zaro ilmiy aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-talabalar uchun agentlik tomonidan grant ajratish taklifini janob Xamaguchi iliq qarshi oldi.

Kelishuvga ko‘ra, aprel oyiga qadar Yaponiyada ta’lim olish uchun nomzod bo‘lgan talabalar ro‘yxati shakllantiriladi.  Agentlik nomzodlardan 5 nafarini tanlab olib, bir oylik bepul malaka oshirish kurslarini tashkil etib beradi.

 

Ushbu dastur bir yilda ikki marotaba amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech