Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Yaponiyaning Rossiya hamda MDH bilan savdo aloqalari uchun mas’ul “Rotobo” kompaniyasi Namangan yapon invetsiyasini jalb etishda ko‘maklashadi. Bu haqda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Okibjon Inamov va kompaniya rahbari Masumi Xara o‘rtasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi. Namangan investitsion hamda turizm salohiyati taqdimoti, yurtimizda xorijlik sarmoyadorlarga yaratib berilayotgan sharoitlar yaponlarda  katta taassurot qoldirdi.

 

 “Rotobo” kompaniyasi 16 dekabrda Tokioda o‘tkaziladigan xalqaro biznes-forumga viloyat delegatsiyasini taklif etdi.  Masumi Xara Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik istagidagi kompaniyalar haqida ma’lumotlar taqdim qildi. Muzokaralar yakunida istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech