Chop etish

Xitoyning “Xingda Group” kompaniyasi Chust tumanida yillik 1 million 300 ming tonna M600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarish hajmiga ega yirik ishlab chiqarish korxonasi quradigan bo‘ldi. Bugun Namangan viloyati hokimligi hamda Xitoyning “Xingda Group” o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan qiymati 108 million AQSH dollari bo‘lgan investitsion kelishuv imzolandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, xitoylik investor SHi Kay Long hamda mahalliy hamkor Gulbahor Abdullayeva tomonidan imzolangan investitsion kelishuvga asosan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan barpo etiladigan yangi korxonaning ishga tushishi 2021 yilning iyun oyiga mo‘ljallangan.

 

180 yangi ish o‘rni yaratishi ko‘zda tutilgan korxonaning to‘la quvvatda ishga tushishi Farg‘ona vodiysi bozorining yuqori sifatli mahsulotga bo‘lgan talabini to‘la qondiradi hamda yillik hajmi 50 million dollargacha bo‘lgan bo‘lgan importning o‘rnini to‘ldiradi.