Chop etish

Yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimligida 2019 yilda Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish ishiga munosib hissa qo‘shgan, jamoat ishlarida tashkilotchiligi va jonbozligi, o‘z vazifasiga sidqidildan yondashuvi e’tirof etilgan, viloyatning ijtimoiy hayotida faol ayollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aziz va mo‘‘tabar ayollarimizni kirib kelayotgan 2020 yil bilan qutlab, o‘tayotgan 2019 yildagi faolliklari, turli sohalarda alohida tashabbus ko‘rsatib, samarali mehnat qilib kelayotganliklari, Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan ulkan islohotlarni viloyatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.