Chop etish

Muhtaram Prezidentimiz 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashriflari chog‘ida MCHJ shaklidagi “Uztex group” qo‘shma korxonasiga tumanda yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etish topshirig‘ini bergan edilar. Ushbu topshiriq “Turon bank” kreditlari asosida qisqa muddatda hayotga tadbiq etildi.

1 gektarlik maydonda 40 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanib, yirik korxona - “Uztex group”ning Norin filiali bunyod etildi.

Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Yillik eksport quvvati 3,0 mln. dollarni tashkil etuvchi mazkur korxonada tumanning kollej bitiruvchi qizlari hamda ishsiz ayollarning 500 nafardan ortig‘i ish boshladilar.

Xodimlarning asosini xotin-qizlar tashkil etuvchi korxonaning yonginasida zamonaviy 160 o‘rinli bolalar bog‘chasini qurib foydalanishga topshirilgani, ularning xotirjam ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun zamin yaratdi.