Muhtaram Prezidentimizning 27 dekabr kuni Toshkentda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida berilgan vazifalar ijrosi doirasida Norin tumani hududida 5 ta muhim tashabbus doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning yoshlar bilan uchrashuvi oldidan bir qator turkum tadbirlar o‘tkazildi.

Namangan-Haqulobod yo‘nalishida O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab yuzlab sportchi va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida tashkil etilgan Velomarafon ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda yoshlar bilan bir qatorda viloyat hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov, tuman hokimi Dilmurod Qodirovlar ham ishtirok etdilar.

Tadbirda avtomobillar kolonnasi, kartingchilar hamda mototsikllarning ishtirok etishi musobaqaning yanada qizg‘in tus olishiga zamin yaratdi. Velomarafon g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek tadbirlar doirasida tuman Yoshlar markazida kitobxonlik bo‘yicha seminar-trening, kibersport musobaqasi, yosh kitobxonlar o‘rtasida “O‘tgan kunlar” asari bo‘yicha tanlov tashkil etildi.