Chortoq tumanida "Yoshlarning ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolishining oldini olishdagi dolzarb masalalar" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda tumandagi barcha MFY raislari, maktab direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda Islom dini niqobi ostida faoliyat yuritayotgan yuzlab ekstremistik tashkilotlar mavjud ekani, yoshlarimizni ularning ta’siridan himoya qilish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimligi vakili Ibrohimjon Saydullaev, turli tahdidlarga qarshi tura oladigan, o‘z ma’naviy kuch-qudratini isbotlashga qodir avlod tasodifan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmasligini, bunga muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilangina erishish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Hakimova, tuman bosh imomi Abdug‘ofur Fozilovlarning ma’ruzalari tinglandi.