Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida Pop tumanidagi “G‘urumsaroy” poligonida yangi yotoqxona va oshxona tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Yurtimiz himoyasi uchun bel bog‘lagan asl o‘g‘lonlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni bo‘lgan “G‘urumsaroy” poligonida o‘tkazilgan tadbirda Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Lutfullo Buzrukov so‘zga chiqdilar.

Foydalanishga topshirilgan, 8,2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan 150 o‘rinli yotoqxona va 300 o‘rinli oshxona, shuningdek 3,6 mlrd so‘m sarflanib qurib bitkazilgan avtogaraj hamda 1,1 milliard so‘m mablag‘ hisobidan tortilgan yangi elektr tarmog‘i, jami 2019 yil davomida amalga oshirilgan 20,7 milliard so‘mlik qurilish ishlari natijasida “G‘urumsaroy” poligoni dunyo standardlariga to‘la-to‘kis javob beradigan dala-o‘quv maydoniga aylandi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tgan 2019 yil davomida “G‘urumsaroy” poligonida Rossiya, Belarus hamda Tojikiston harbiylari bilan birgalikda 3 ta yirik tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech