Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyati mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining 2019 yil dekabr oyi ikkinchi yarmi ish haqi 69,7 mlrd. so‘mni hamda yagona ijtimoiy to‘lov 24,6 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

 

2020 yil 4-8 yanvar kunlari holatiga jami moliyalashtirish manbasi 142 mlrd. 934 mln. so‘mni, shundan mahalliy byudjet hisob raqamidagi qoldiq 54 mlrd 764,1 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

 

4-8 yanvar kunlari amalda tushum 37 mlrd 365 mln. so‘mni, respublika byudjetidan ajratilgan byudjetlararo transfert 50 mlrd 535 mln. so‘mni tashkil etdi.

 

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi ish haqi xarajatlari va yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari 2020 yil 9 yanvar kuniga to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlanganligi ma’lum qilinadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech