Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


15 yanvar kuni Toshbuloqda Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimi vakili sifatida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov, shuningdek, xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutaxassislari, tashkilot va korxonalar, siyosiy partiyalar tuman kengashlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan joy olgan Namangan viloyati hokimi tomonidan Namangan tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov so‘z olib, Viloyat hokimi tomonidan Namangan tumani hokimi lavozimiga 1-Katta Toshbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Mo‘minov  Sadriddin Zokirovichning nomzodini Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida Taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi va uni o‘qib eshittirdi.

Ushbu masala bo‘yicha siyosiy partiyalar guruhlari nomidan deputatlarning fikr-mulohazalari bildirildi.

Mo‘minov  Sadriddin Zokirovich Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi deputatlari tomonidan Namangan tumani hokimi etib bir ovozdan tasdiqlandi.

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining birinchi sessiyasi o‘z ishini tamomladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech