Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Sessiya ishida deputatlar, shahar hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Oltinchi chaqiriq birinchi sessiya kun tartibidan shahar saylov komissiyasi raisining axboroti, Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, shahar kengashiga saylangan deputatlar partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, kengash doimiy komissiyalarini tuzish, viloyat hokimi tomonidan Namangan shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash, xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar kengashi deputatlari qo‘shma majlisi maslahat kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish kabi masalalar o‘rin oldi.

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqida shahar saylov komissiyasi raisi Ziyovuddin Jamalov axborot berdi.

Shahar kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 11 nafar, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar, Xalq demokratik partiyasidan saylangan 8 nafar va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 4 nafar deputatlardan iborat partiya guruhlari tasdiqlandi.

 

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha, Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha, Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha, Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha, Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha, Kommunal xo‘jalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha hamda Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha komissiyalarini tuzish taklifi hamda komissiyalarning raislari nomzodlari deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Namangan viloyati hokimi tomonidan Namangan shahri hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur masala bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov so‘z olib, viloyat hokimi tomonidan Namangan shahar hokimi lavozimiga 5-Oromgoh saylov okrugidan saylangan deputat SHavkatjon Abdurazzaqov nomzodini Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi va uni o‘qib eshittirdi.

Ushbu masala bo‘yicha siyosiy partiyalar guruhlari nomidan deputatlarning fikr-mulohazalari bildirildi. Sessiyada viloyat hokimi tomonidan Namangan shahar hokimi lavozimiga tavsiya etilgan SHavkatjon Abdurazzaqov nomzodi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U bir ovozdan Namangan shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada Namangan shahar hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov so‘z olib, bildirilgan yuksak ishonch uchun davlat rahbari, viloyat hokimi va deputatlarga minnatdorlik bildirdi.  Deputatlar va shahar faollari bilan birgalikda ushbu ishonchni oqlash, Namangan shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bor kuch-g‘ayratini sarflashini bildirdi.

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Namangan shahar kengashining birinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech