Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimligi 2020 yil 14 yanvar kuni yuz bergan avtohalokat sabab olamdan o‘tgan Manzuraxon Azizovaning oila a’zolariga, farzandlariga, shogirdlariga, butun Namangan xalqiga hamdardlik bildiradi.

 

Manzuraxon Azizova 40 yillardan buyon Namangan ahlining xizmatidagi mehnatkash, kamtar, talabchan rahbar sifatida respublikamizda katta obro‘-e’tiborga ega ayol edi.

2008 yilda Uchqo‘rg‘on tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2009-2015 yillarda Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlab viloyat ayollari hayotining yanada yaxshilanishiga, tizimning rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgandi.

2017 yildan Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Manzuraxon Azizova mohir shifokor, tajribali rahbar sifatida yuzlab shogirdlarni tarbiyaladi. Ishlaganda ham bor salohiyatini safarbar etib, o‘ta fidoyilik bilan ishlay oldi. Odamlarga ochiq yuz va xushmuomalada bo‘ldi.

Chuqur hamdardlik ila Manzuraxon Azizovaning ruhi shod, oxirati obod bo‘lishini Yaratgandan tilaymiz!

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech