Chop etish

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov tasdiqlagan reja-jadvalga asosan Chortoq tuman hokimligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda Chortoq, Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Akmaljon Umrzaqov ochdi.

Seminarda Viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi Nozimjon Tursunov “Biznesga etti qadam”, mavzusida ma’ruza qilib, biznes g‘oyadan tortib boshqarish va rejalashtirishgacha bo‘lgan  jarayonni taqdimot orqali tushuntirib berdi.

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi huzuridagi tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi Namangan viloyat filiali rahbari Baxtiyor Mamadaliev "Marketing va biznes reja tuzish asoslari", shuningdek, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bobur Quralov yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun-mohiyati  haqida yig‘ilganlarga foydali ma’lumotlar taqdim etishdi.

Tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini rivojlantirish yuzasidan bergan savollariga batafsil javob oldilar.