Yaxshi bilamizki, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan energiya resurslari tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish, to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, debitor qarzdorliklarni kamaytirish borasida tadbirlarni o‘tkazib kelishmoqda.

Namangan viloyatida ham elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan guruh o‘z ishini olib bormoqda.

MIB davlat inspektorlari, ta’minotchi korxonalar vakillari, profilaktika inspektorlar hamda mahalla faollaridan shakllantirilgan guruh tomonidan asosan to‘lov intizomiga amal qilmay kelayotgan xududlarda ish olib borilmoqda.

Namangan shahrining Zarbdor mahalla fuqarolar yig‘inida tabiiy gaz iste’molchilari 1304 tani tashkil etadi, qarzdor xonadonlardagi energiya resurslaridan foydalanish holati o‘rganilganda, fuqaro S.Turg‘unovaning tabiiy gazdan qarzdorligi 1 mln. 100 ming so‘mdan oshgani aniqlandi, xonadon egasi to‘lov qobiliyatiga, biroq, iste’molchi turli bahonalar bilan to‘lovni amalga oshirmay kelgan edi. Mazkur xonadon Ishchi guruh tomonidan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagani uchun tarmoqdan vaqtichna ajratildi.

Huddi shunday, Namangan shahri mahallalarida o‘tkazilgan tadbir davomida 75 ta xonadonning salkam 94 mln so‘m tabiiy gazdan qarzdorligi uchun tarmoqdan ajratildi.

Tadbirlar davomida, Namangan shahridagi restoranga kafolatlanmagan ulgurji iste’molchi toifasidaligi uchun tabiiy gaz berish vaqtincha to‘xtatilgan, biroq restoran egalari tabiiy gazdan o‘zboshimachalik bilan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnom rasmiylashtirilib, tarmoqdan ajratildi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi