Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi binosida navbatdagi sayyor sud bo‘lib o‘tdi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’muriy sud tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda  dastlab huquqbuzar Umidjon Ergashevning ishi ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 2015 yildagi qarori bilan undiruvchi Dadaboeva Ziyoda foydasiga voyaga etmagan farzandlari uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, fuqaroga o‘z vaqtida aliment mablag‘larini to‘lab borish majburiyati yuklatilgan. Biroq, bu ma’suliyatni unutgan U.Ergashev 16 oydan beri farzandi moddiy ta’minotidan qasddan bo‘yin tovlab keldi. Unga nisbatan sayyor sudda huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, o‘n besh sutkama’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sayyor sudda fuqaro Islom Nabijanov ham uzoq muddatdan beri farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan otalardan biri ekanligi ma’lum bo‘ldi. U ham 14 oydan beri aliment to‘lamay, huquqbuzarlik sodir etgan deb topildi. Tomonlarning fikr-mulohazalari tinglanib, unga nisbatan ham o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm etildi.

Iqboljon Xayitqulov, MIB Pop tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech