Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov boshchiligidagi ishbilarmon va tadbirkorlardan iborat Namangan viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Sverdovsk viloyatida bo‘lib turibdi.

Tashrifning asosiy maqsadi Namangan viloyati va Rossiya viloyatlari o‘rtasida hududlararo aloqalarni rivojlantirish, mahsulot etkazib berish uchun yangi bozorlarga yo‘l ochish, hamkorlikda yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalar tashkil etish, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uchinchi mamlakatlar bozorlarini o‘zlashtirishdan iborat.

Tashrifning birinchi kunida Sverdovsk viloyati markazi – Ekaterinburg shahrida Namangan viloyati hamda Rossiya Federatsiyasining Ural Federal okrugi ishbilarmonlari ishtirokida keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Namangan viloyatining iqtisodiyoti va investitsion salohiyati haqidagi taqdimot rossiyalik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat va tabiiy resurslar hududi bo‘lgan Ural Federal okrugi o‘z ichiga Sverdlovsk, Kurgan, Tyumen va Chelyabinsk viloyatlarini, Xanti-Mantiysk va Yamal-Nenets avtonom okruglarini o‘z ichiga oladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech