Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida bo‘lib turgan Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov boshchiligidagi Namangan viloyati ishbilarmonlari va tadbirkorlari delegatsiyasi Sverdlovsk viloyati hukumati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Pavel Krekov, Sverdlovsk viloyati xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vasiliy Kozlov, qishloq xo‘jalik vaziri Dmitriy Degtyarev hamda Ural Savdo-Sanoat palatasi vitse-prezidenti Daniil Mazurovskiy bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Namangan va Sverdlovsk viloyatlari hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashevning 2019 yil noyabr oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida ikki viloyat chog‘dia erishilgan kelishuvlarning ijrosi va kelgusi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.

Yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab korxonalari tashkil etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro aloqalarni kuchaytirish borasida muzokara o‘tkazildi.

 

Namangan viloyatida yetishtirilgan meva va sabzavotlarning birinchi partiyasi – viloyatimizda yetishtirilgan limonlar Sverdlovsk viloyati bozorlariga etib bordi. Bugungi uchrashuvda bunday mahsulotlar turini va hajmini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashildi.

 

Ta’lim, sport va madaniyat sohalarida ham hamkorlik kuchaytiriladigan bo‘ldi. O‘tgan yili Namangan davlat universiteti hamda Ural davlat tibbiyot universiteti hamkorligida ochilgan qo‘shma tibbiyot fakulteti ortidan, ikki viloyatdagi oliygohlar o‘rtasida qo‘shma arxitektura fakulteti ochish, shuningdek Namangan va Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasida qo‘shma sport musobaqalari tashkil etish borasida kelishuvga erishildi. YOz oylarida Sverdlovsk teatrining Namangan viloyatiga gastroli ham tashkil etiladigan bo‘ldi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech