Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekistondagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari qatori, Namangan viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatildi. Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 19 mart kuni mamlakat hududidagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.

20-22 mart kunlari Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga olib borilgan chora-tadbirlar natijasida viloyatda mavjud 656 ta umumiy ovqatlanish korxonasi (yoki filiali) to‘liq qamrab olinib, ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ta’minlandi.

Ayni paytda tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davom ettirmoqda. Umumiy ovqatlanish korxonasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari ham mazkur xizmatni taqdim etishi mumkin.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech