O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 martdagi Farmoniga asosan Shavkatjon Jo‘raevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Rahimov 2019 yildan tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq ho‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shavkatjon Rahimov 1968 yilda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman Qayqi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlarida o‘z faoliyatini 1996 yilda Namangan viloyati Norin tumani prokurorining yordamchisi sifatida boshlagan. 1997-1999 yillarda Norin tuman prokuraturasining tergovchisi, 2000-2000 yillarda viloyat prokuraturasining umumiy nazorat bo‘limi prokurori, 2000-2001 yillarda viloyat prokurorining voyaga etmaganlar haqidagi qonunlarni ijro etish ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi, 2001-2004 yillarda ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan. 2004-2009 yillarda To‘raqo‘rg‘on tuman prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.

2009-2014 yillar oralig‘ida Namangan viloyat prokuraturasida prokuratura organlarida tergovni tergovni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, IIV organlari qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.