Mamlakatimizda bugunga kelib koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni 158 nafarga bordi. Bu ko‘rsatkich viloyatimizda yana uchtaga ko‘payib 15 tani tashkil etdi.


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Respublika Hukumati tomonidan ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yurtimizda, jumladan viloyatimizda ham koronovirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘lida viloyat hokimligi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, huquqni muxofaza qilish idoralari, mahalla faollari bilan aholini koronovirus infeksiyasidan muxofazalash bo‘yicha keng-ko‘lamda tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha 28 martdan 5 aprelga qadar 9 kun mobaynida uyda o‘tirish haqidagi viloyat aholisiga murojaatini qalbdan to‘g‘ri tushungan namanganliklar bugun chin fuqarolik fazilatlarini namoyon etmoqda. Natijada, hududlarda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatish, koronovirusni tarqalishiga chek qo‘yish borasida muayyan natijaga erishilmoqda.

Shu kungacha viloyat SEOMning 270 nafar mutaxassis va ishchi-xodimlari tomonidan 51949 ta obektlarda 3507103 metr kvadrat hajmdagi hududda koronoviruslarga qarshi profilaktiv dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Namangan shahriga kirish yo‘llarida tashkil etilgan va doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilgan 24 ta nazorat postlarini kerakli zararlantiruvchi va ximoya vositalari, dezinfeksiya uskunalari bilan ta’minlashni kunlik nazorati olib borilmoqda.

Biz uchun qadrli bo‘lgan namanganliklar! Unutmang, sizlarni viloyat hokimligi va sanitariya va epidemiologiya, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari tomonidan berilayotgan ko‘rsatma va topshiriqlarga amal qilishingiz, eng asosiysi aytilgan muddat ichida uydan chiqmay hayot kechirishingiz erishilajak maqsadimizga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Ana shunday faraxbash kunlar yaqin. Biz u kunlarga tezroq erishish yo‘lida tunu-kun kurash olib boryapmiz. Siz faqat bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etib, uyda o‘ltiring.

BIZ SIZ UCHUN ISHLAYAPMIZ, SOG‘LIGINGIZ UCHUN QAYG‘URYAPMIZ, KORONAVIRUS DEGAN BALOI-OFATGA QIRON KELTIRISH UCHUN KURASHYAPMIZ VA ALBATTA MAQSADIMIZGA ERISHAMIZ. SIZ BIZNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN UYDA O‘TIRING!

Rustamjon Hamraqulov,

Namangan viloyat sanitariya-epidemiologik