Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida “Call senter” va “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” 2020 yil 3 apreldan o‘z faoliyatini 1197 raqam ostida boshladi. Markaz tomonidan viloyatimiz bo‘ylab aholining turli muammolarini olib muruvvat yordamlarini ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

“Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” Namangan shahar va tumanlarda ham tashkil etilgan bo‘lib, markazlashgan holda 1197 telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar asosida aholiga muruvvat yordamlari ko‘rsatilmoqda.

Viloyat bo‘yicha 178 ta mahalladagi 1490 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, jumladan, 584 ta kam ta’minlangan, 346 ta nogironligi bor shaxslarga, 327 ta boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga, 72 ta yakka yolg‘iz qariyalarga va 161 ta karantinga olingan oilalarga 3048 dona 1 l. o‘simlik yog‘i, 162 qop un (8,1 tonna), 4,3 tonna gurunch, 1,3 tonna shakar, 2,1 tonna makaron, 819 quti (24570 dona) tuxum, 4,5 tonna piyoz, 1,2 tonna go‘sht mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan “Call center” ning 1197 telefon raqamiga 173 ta turli mavzularda murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar taaluqliligi bo‘yicha Namangan shahar va tumanlarga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

2020 yil 4 aprel kunidan barcha shahar va tumanlarda homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyatini boshlaydi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech