Chop etish

Namangan viloyat IIB YHXB va PPX tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolarning karantin qoidalariga amal qilishini nazorat qilish maqsadida nazorat tadbirlari tunu kun o‘tkazilmoqda.

2020 yil 4 aprel kuniga qadar Namangan shahrida maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan, tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan, karantin qoidalarini buzgan 221 nafar haydovchilar, shu jumladan 3 aprel kuni 39 nafar qoidabuzar haydovchi aniqlanib, ularga tegishli bo‘lgan avtomashinalar jarima maydoniga tortildi.

Sardorbek Boltaboev – Viloyat IIB axborot xizmati rahbari, kapitan