Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


5 apreldan boshlab Namangan shahridagi mahallalar, xususan,  bozor yoki savdo do‘konlarida uzoqda joylashgan hududlarda ko‘chma yarmarkalar tashkil etishga kirishildi.

Ulardan un, makaron, o‘simlik yog‘i, guruch, shakar, choy, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, karam, ko‘katlar, jami 20 ga yaqin mahsulotlar o‘rin oldi.

Bugun Namangan shahridagi 4 ta — Chorsu, Sardoba, Yashil va G‘irvon bozorlaridan 11 ta mahallaga mazkur ko‘chma yarmarkalar yo‘l oldi. Bunyodkor, Sohil, Mustaqillikning 5 yilligi, Yakkatut, Yoshlik, Yuksalish, Navbahor, Mashrab, Ma’naviyat, Mingchinor, Yuqori G‘irvon mahallalari fuqarolari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni bozor bahosida, hududlaridan tashqariga chiqmay xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yarmakalar ertadan boshlab har kuni shahrimizning turli hududlarida tashkil etiladi.  Oilangiz uchun xarid qilishingiz zarur bo‘lgan kundalik ehtiyoj mahsulotlari arzon va qulay narxlarda mahallangizga boradi. Siz esa o‘zingiz,  yaqinlaringizni asrang va uyda qoling!

 

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech