Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Har yili an’ana bo‘lib qolganidek, mamlakatimizning barcha hududlarida 14 - 15 mart kunlari "Obod yurt" umumxalq xayriya hashari o‘tkazilgan edi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham hashar munosabati bilan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yumushlari amalga oshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan "O‘qituvchilarning mart oyidagi maoshidan bir kunlik ish haqi ushlab qolinishi mumkin" sarlavhali material yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, viloyatdagi umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining bir kunlik ish haqi o‘z tashabbuslari va ixtiyorlari bilangina O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan xolos.

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondiga o‘z tashabbuslari bilan o‘tkazilishi tavsiya etilgan edi.

Shunga ko‘ra hashardan tashqari o‘qituvchilar va tizim xodimlarining ish haqlaridan ushlab qolinishiga, umuman, yo‘l qo‘yilmagan.

O‘qituvchilarning, soha xodimlarining ish haqlaridan asossiz ravishda ushlab qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik viloyat xalq ta’limi boshqarmasining doimiy e’tiborida.

 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech