Chop etish

Davlatimiz rahbari tomonidan asalchilik tarmog‘ini rivojlantirishga e’tibor qaratilib, bu yil ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgani, bu sohaning istiqbolining yanada rivojlanishiga yo‘l ochadi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun To‘raqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Qutbiddin Nuriddinov xonadonida bo‘ldi.

Uzoq yillar xorijda mehnat qilib, o‘z qishlog‘ida tadbirkorlik qilish manfaatliroq ekanini anglab etgan va bugun asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ushbu fuqaro xonadonida bu sohani egallash uchun shogird bo‘lib yurgan qator qiziquvchan yoshlarni ham uchratish mumkin.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan bu erda asalari uyalarini ko‘paytirib, aholi xonadonlarida asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, bu asnoda doimiy “master-klass”larni tashkil etib borishga kelishilgani, etti xazinaning biri hisoblangan asalari boqishni yanada ommalashtirishi shubhasiz.