Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-sonli Farmonining 2-bandida joriy yilning mart — iyun oylarida to‘lash muddati tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamlar to‘lash ularni to‘lashni yangi muddatda davom ettirish to‘g‘risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga tanaffussiz davom ettirilishi belgilangan.

Mazkur Farmonda berilgan topshiriq ijrosiga muvofiq, Namangan viloyati bo‘yicha mart oyida to‘lash muddati tugagan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamni 6 oy muddatga to‘lashni tanaffussiz davom ettirish uchun jami 7 585 nafar oila uchun 2630,5 mln.so‘m mablag‘lar o‘z vaqtida to‘liq moliyalashtirildi.

Jumladan, 14 yoshgacha nafaqa uchun 5027 nafar oilaga 1 252,2 mln.so‘m, 2 yoshgacha nafaqa uchun 1 528 nafar oilaga 663,2 mln.\so‘m, moddiy yordam uchun 1 030 nafar oilaga 335,9 mln.so‘m hamda kompensatsiya uchun 379,2 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

 

Namangan viloyati Moliya bosh
boshqarmasining Axborot xizmati