Chop etish

Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligigini ta’minlash, xalqimiz dasturxoni to‘kinligini o‘ylash ustuvor vazifaga aylandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Mingbuloq tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Gurtepa hududida Dilshodbek Ne’matov xonadonini borib ko‘rdi.

Xonadon egasi 12 kv maydonda tashkil etilgan ko‘chat issiqxonasida dekabr oyidayoq karam, bulg‘or qalampiri va pomidor urug‘i sepib, unib chiqqan ko‘chatlarni saralab qayta ekib, 100 ming tupdan ziyod ko‘chat sotgani va bu orqali 15 million so‘mdan ortiq daromad qilgani, tomorqadan samarali foydalanishning bugungi talablariga baralla javob beradi.

15 sotixdan iborat hovlining tomorqasida bir orada ekilgan karam tugishga kelgani, kartoshkalar etilib qolganini ko‘rish mumkin. Buni tomorqadan yiliga uch marta to‘laqonli hosil olishning haqiqiy namunasi desa bo‘ladi. Xonadon egalari tomorqani gullatish bilan birga, asalari ham etishtirib kelishmoqda.