Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgan Mingbuloq tumanida yangi zamonaviy parrandachilik kompleksi qad rostlamoqda.

Navoiy MMTP hududida “Mingbuloq broyler” korxonasi tomonidan yanvar oyida qurilishi boshlangan ushbu majmua, 4 ta 100metrga 18 metrlik bo‘linmani o‘z ichiga oladi.

Tadbirkor Tohirjon Turg‘unboevning o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan ushbu korxonada naslli ona tovuqlarni parvarishlash bilan birga, yiliga go‘sht yo‘nalishida 600 ming bosh broyler etishtirilishi, shuningdek, go‘shtni qayta ishlash liniyasining yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.