Bugungiday sinovli kunlar tom ma’noda xalqimizni yanada jipslashtirdi.  Karantin tufayli ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, pandemiya davridagi etishmovchiliklardan betalofat chiqish uchun barcha joyda bo‘lgani kabi Mingbuloq tumanida ham xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan har kuni aholining kam ta’minlangan qismiga alohida e’tibor qaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash kundalik ishga aylangan.

Risolat buvi Nishonova bu yil 86 bahorni qarshi oldilar.Bir necha yil avval to‘shakka mixlanib qolgan onaxon bugun yolg‘iz emas. Karantinli davrda oiladan xabar oluvchilar, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlaydiganlar ko‘plab topiladi. Kuni kecha xam Byuroning tuman bo‘limi xodimlari onaxonga sinovli kunlarda turli oziq-ovqat mahsulotlarini  “Saxovat va ko‘mak” markazi xodimlari bilan etkazib berdilar. Bundan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan onaxon o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashar ekanlar, el yurt tinchligini so‘rab duo qildilar.

Umuman olganda, Byuroning tuman bo‘limi tomonidankoronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslarga  doimo e’tibor qaratilgan.

-Aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qismini har tomonalama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘mak berishga ham alohida etibor qaratganmiz, deydi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari O‘lmasbek Rahimov.Jumladan, bo‘lim ish yurituvida 1292 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 912 tasi aliment undiruvlari bilan bog‘liq. Qolgani esa boshqa davlat undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlaridir. SHu ijro hujjatlari tahlil etilganda 100 ga yaqin kam ta’minlangan oilalarga to‘g‘ri kelmoqda. SHu kunga qadar ana shunday oilalarning salkam 10 mln so‘m qarzdorliklari homiylar yordami bilan to‘lab berildi.

Yana bir muhim masala. Karantinli davrda aholining foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga qulayliklar yaratilmoqda. Mahalla markazlari, savdo shaxobchlarida tashkil etilgan sayyor kassa orqali aholi to‘lovlarni belgilangan masofa saqlagan holda amalga oshirishmoqda. Bu esa o‘z navbatida iste’molchilarga qulay bo‘lmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi