Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Norin tumanida barpo etilayotgan, umumiy loyiha qiymati 20 million dollar bo‘lgan “Norin teks” ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi qurilishi bilan tanishdi.

 

Korxonaning 5 million dollar o‘z mablag‘lari, shuningdek 16 milliard so‘mlik “Asaka bank” krediti hamda 12,8 million evrolik “Commerzbank” (Germaniya) xorijiy kredit liniyasi hisobidan barpo etilayotgan ushbu korxona, joriy yilning 4-choragida ish boshlaydi.

Korxona yiliga 8 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, ishga tushishi bilan 200 kishining bandligi ta’minlandi.

Bugungi kunda Shveysariyaning taniqli “Rieter” kompaniyasidan 11,8 million evro qiymatidagi texnologik uskunalar olib kelindi. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 80 foizga yakunlandi.