Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Norin tumanida pilla etishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Norin pillachiligining o‘ziga xos jihati shuki, tumanda 3 mavsum - aprel-may, iyun-iyul va avgust-sentyabr oylarida ipak qurti boqiladi.

O‘tgan 2019 yilda 2550 quti ipak qurti urug‘i tarqatilib, 147 tonna pilla xirmoni ko‘targan norinliklar, bu yil 3031 quti urug‘dan 167 tonna pilla etishtirishni reja qilishgan.

Tumandagi ilg‘or pillakorlar pilla terimini boshlab yuborishdi. Enaxon Xatamova xonadonida 1 quti urug‘dan olingan pilla 125 kilogrammni oshib ketdi.